15515-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga, ushbu Kodeks 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari, quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
2) faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash toʻgʻrisidagi arizaga — taʼsis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari; tashkilot yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash uchun asos boʻladigan tarzda buzilganligini tasdiqlovchi dalillar;
3) banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi arizaga — soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganligini yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini, soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganligini, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot taqdim etilmaganligini tasdiqlovchi dalil;
4) moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaga — tekshirish oʻtkazilishiga asos boʻlgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori, bunday qaror olish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollar bundan mustasno; agar tekshirish jinoyat ishi doirasida oʻtkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori; tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq; tekshirish oʻtkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish materiallarini koʻrib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa; qarorning koʻchirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki yuborilganligi dalili;
