15514-modda. Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi va arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi va ularning pochta manzillari;
3) huquqbuzarlik faktini aniqlagan nazorat qiluvchi organning nomi;
4) arizada qoʻyilgan talabga asos boʻlgan holatlar;
5) arizada qoʻyilgan talabning asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) xoʻjalik sudiga murojaat qilishga asos boʻlgan tashkilot yoki fuqaroning harakatlari (harakatsizligi) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar;
7) arizachining talabi;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
9) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada arizachining yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Qonun hujjatlariga muvofiq huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi arizada boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Ushbu moddada, shuningdek ushbu Kodeksning 15515-moddasida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha arizachiga qaytariladi.
