152-modda. Xususiy ajrim
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Nizoni koʻrish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilgani aniqlangan taqdirda xoʻjalik sudi xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim tegishli tashkilotlarga, davlat organlariga va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular bir oylik muddatda xoʻjalik sudiga koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabar qilishlari shart.
Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
Agar sud xoʻjalik nizosini koʻrayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
