143-modda. Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar aks etishi kerak:
1) hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi, boshqa zarur rekvizitlari va uni chiqargan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) hujjatni toʻla yoki uning maʼlum qismini haqiqiy emas deb topish yoxud arizachining talabini toʻla yoki uning maʼlum qismini rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
3) qabul qilingan hujjat tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash lozimligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma, shunday talablar mavjud boʻlgan taqdirda.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishni yoki roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganida xoʻjalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida tegishli davlat organiga shunday roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
