131-modda. Ishni koʻrishni keyinga qoldirish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Xoʻjalik sudi ishni shu majlisda koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli yoxud videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazish vaqtida videokonferensaloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmagan taqdirda ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Xoʻjalik sudi yangi majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadilar.
Ishni koʻrish keyinga qoldirilgach, uni yangidan koʻrish boshidan boshlanadi.
