130-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishtirokisiz nizoni hal qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taqdim etishni taklif qilgan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni unda mavjud materiallar asosida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, daʼvogarning ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
