110-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi · Sana: 30.08.1997 · Amalda
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) xoʻjalik sudining nomi va buyruq berilgan sana;
2) ishning tartib raqami, sudyaning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
3) qarzdor va kreditorning nomi, ularning manzillari;
4) undirilishi lozim boʻlgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim boʻlgan mol-mulk, uning qiymatini koʻrsatgan holda;
5) neustoyka, agar toʻlanishi lozim boʻlsa;
6) qarzdordan undiruvchi yoki davlat foydasiga undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining summasi.
Sud buyrugʻi sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi xoʻjalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanib, undiruvchiga beriladi. Sud buyrugʻining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi qarzdorga yuboriladi.
Sud buyrugʻi sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuborilishi mumkin.
