86-modda. Etib kelganlik toʻgʻrisida xabar berish hamda tovarlar va transport vositalarini yetkazib keltirilgan joyda koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Tovarlar va transport vositalari yetkazib keltirilgan joyda bojxona organiga koʻrsatiladi, ularga tegishli hujjatlar esa, topshiriladi. Koʻrsatish tovarlar va transport vositalari keltirilganidan keyin kechi bilan 30 minut ichida, tovarlar va transport vositalari bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetkazib keltirilgan taqdirda, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin koʻpi bilan 30 minut ichida ular keltirilganligi haqida xabar qilishdan iboratdir.
Bojxona organining talabiga binoan koʻrsatilgan tovarlar va transport vositalari amalda ana shu organga taqdim etiladi.
Tovarlar koʻrsatilganidan keyin tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida bojxona organining ruxsati bilan ulardan namunalar va nusxalar olishlari mumkin.
Tayin qilingan joyga bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati zonasida joylashtiriladi.
Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida vujudga kelgan xarajatlar tashuvchining oʻz hisobiga yoziladi va bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
