62-modda. Tashuvchining javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yoʻqotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida toʻlanishi lozim boʻlgan boj toʻlovlarini toʻlashi shart, tovarlar halokat yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq boʻlgan yoxud qaytarib boʻlmaydigan tarzda qoʻldan ketgan, yoxud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻy bergan bunday hollar Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
