50-modda. Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan boʻlsalar, bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi.
Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi.
