40-modda. Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim, ushbu Kodeksning 49, 50, 117—126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir.
Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda toʻxtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno.
