39-modda. Bojxona nazorati shakllari
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan oʻtkaziladi:
bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish;
jismoniy va mansabdor shaxslarni ogʻzaki soʻrab-surishtirish;
bojxona koʻrigidan oʻtkazish;
tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash;
tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;
hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;
bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.
Bojxona nazorati oʻtkazilayotganida inson, hayvonot va oʻsimliklar hayoti va sogʻligi uchun xavfsiz boʻlgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Bojxona nazoratini oʻtkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
