37-modda. Yoʻq qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Yoʻq qilish shunday rejimki, bunda chet el tovarlari boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan ular foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.
Tovarlarni yoʻq qilishga bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Tovarlarni yoʻq qilish manfaatdor shaxs tomonidan oʻz hisobidan amalga oshiriladi.
Tovarlarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar bojxona nazorati ostida turgan chet el tovarlari sifatida tegishli rejimga joylashtiriladi.
Yoʻq qilib tashlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda tovarlar ularni olib kirgan shaxs hisobidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketiladi.
