28-modda. Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qoʻllaniladi.
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish maqsadlarida Oʻzbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.
Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga moʻljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki toʻlangan summalarni qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovarlar erkin bojxona zonalari hududidan va erkin omborlardan bojxona hududiga qaytarilganda yoxud belgilangan muddatlarda ular amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari toʻlanadi.
