190-modda. Bojxona organining hal qiluv qarori
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyatni yoki prokurorning protestini koʻrish vaqtida quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qiladi:
qarorni oʻzgarishsiz qoldiradi, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaydi;
qarorni bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun yuboradi;
qarorni bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi;
bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan doirada oʻzgartiradi.
Bojxona organining hal qiluv qarori qaror shaklida rasmiylashtiriladi. Qaror nusxasi uch kun ichida ustidan qaror chiqarilgan shaxsga yuboriladi. Protestni koʻrish natijalari toʻgʻrisida qonunda belgilangan muddatda prokurorga maʼlum qilinadi.
