189-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat qaror kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs tomonidan, uning vakili yoki advokat tomonidan yuqori turuvchi bojxona organiga (mansabdor shaxsga) yoki bojxona organi joylashgan erdagi sudga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishi mumkin.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqargan bojxona organi orqali berilgan shikoyat uch sutka ichida tegishlicha yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga yuboriladi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bojxona organi mansabdor shaxsining qarori ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat tartibida prokuror protest keltirishi mumkin.
Belgilangan muddatda shikoyat berish yoki protest keltirish jazoni qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi.
