186-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarning koʻrishga taalluqliligi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlar:
agar jazo chorasi sifatida jarima, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tovarlarni musodara qilish chorasi qoʻllanilsa, bojxona organi tomonidan koʻriladi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jarima qoʻllash sud tartibida amalga oshiriladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari bundan mustasno. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tovarlarni musodara qilish chorasini qoʻllash sud tartibida amalga oshiriladi.
agar asosiy yoki qoʻshimcha jazo chorasi tariqasida tovarlarni va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilsa, tegishli bojxona organi joylashgan erdagi sud tomonidan koʻriladi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish va bojxona organlari nomidan jazolarni qoʻllashga bojxona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari haqlidir.
Yuqori turuvchi bojxona organi bojxona organlariga taalluqli har qanday ishni oʻzi koʻrish uchun qabul qilib olishga yoki uni istalgan quyi bojxona organlariga topshirishga haqlidir.
