184-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda shaxslarning ishtirok etishini istisno qiluvchi holatlar
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Agar ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsalar, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis esa ishni yuritishda ishtirok etishi mumkin emas. Bu holda bojxona organining mansabdor shaxsi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis oʻzini oʻzi rad etishi shart, javobgarlikka tortilayotgan shaxs, uning vakili yoki advokat esa bu shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad qilishlari mumkin.
Ekspert, mutaxassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa ham, ular rad qilinishi lozim.
Rad qilish toʻgʻrisida ariza berish ishni yuritishni toʻxtatib qoʻymaydi.
