18-modda. Reimport
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan Oʻzbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni toʻlamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi.
Olib chiqilgan paytdan boshlab oʻn yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi.
Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi.
Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chogʻida toʻlov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.
