165-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab oʻtib yoxud bojxona nazoratidan yashirib, yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
