164-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni notoʻgʻri deklaratsiyalash
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni notoʻgʻri deklaratsiyalash, yaʼni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun kerakli boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi toʻgʻri maʼlumotlarni bermaslik yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar berish, ushbu Kodeksning 161—163 va 167-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —
tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir etmasa, —
eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
