131-modda. Yuridik shaxslarning javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning 161 — 169-moddalarida nazarda tutilgan qonunbuzarliklar uchun ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan jarimalar (iqtisodiy jazo choralari) va boshqa jazolar qoʻllaniladi.
Yuridik shaxslarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini ular bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yuridik shaxsning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini kontrabanda uchun hamda bojxona ishi sohasida boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish yuridik shaxsni bojxonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etmaydi.
Tadbirkorlik subyekti bojxona toʻlovlarini toʻlamaganlik natijasida sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini materiallar sudga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida ixtiyoriy ravishda qoplagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti unga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qoʻllanilishidan ozod qilinadi
