116-modda. Dastlabki qarorni bekor qilish, oʻzgartirish yoki chaqirib olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona organlari oʻzlari qabul qilgan dastlabki qarorni bekor qilishi, oʻzgartirishi yoki chaqirib olishi mumkin.
Agar dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan chala yoki notoʻgʻri axborot asosida qabul qilingan boʻlsa, shuningdek dastlabki qarorga daxldor boʻlgan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, dastlabki qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi.
Dastlabki qarorning shartlariga rioya etilmagan taqdirda u chaqirib olinishi mumkin.
Dastlabki qarorni bekor qilish, chaqirib olish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Dastlabki qaror bekor qilingan, chaqirib olingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda uni qabul qilganlik uchun olingan haq qaytarilmaydi.
