115-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Dastlabki qarorning qabul qilinishidan manfaatdor boʻlgan shaxs bojxona organlariga yozma soʻrov yuboradi.
Soʻrovda dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar boʻlishi kerak. Soʻrovga tovarlarning namunalari va nusxalari, ularning tavsifi, fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlar, soʻralayotgan dastlabki qaror xususiyatiga qarab boshqa har qanday zarur maʼlumotlar ilova qilinishi lozim.
Agar dastlabki qarorni qabul qilishning iloji boʻlmasa, soʻrov rad etiladi.
