101-modda. Bojxona brokeri
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi · Sana: 26.12.1997 · Amalda
Bojxona brokeri oʻzini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirigʻiga binoan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni oʻz nomidan oʻtkazuvchi hamda bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qoʻyilishi mumkin emas.
Yuridik shaxs bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun:
xodimlar shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga ega boʻlishi;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi shart.
Yuridik shaxslarning bojxona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
