13-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari
Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-280-son) · Sana: 13.04.2011 · Amalda
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari qonunchilikda belgilanadigan tartibda axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus axborot-kutubxona muassasalaridir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari:
axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini taʼminlaydi;
elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
axborot-kutubxona resurslaridan oʻzaro foydalanishni taʼminlaydi;
boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
yigʻma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kutubxonalarining axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
