15-modda. Dafn etish joylarining saqlanishi ustidan ekologik nazorat va sanitariya-epidemiologiya nazorati
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-276-son) · Sana: 27.12.2010 · Amalda
Dafn etish joylarining saqlanishi ustidan ekologik nazorat va sanitariya-epidemiologiya nazorati qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Dafn etish joylarida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish ekologik normalarga, sanitariya normalari va qoidalariga, shuningdek dafn etish joylarini saqlashning mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ekologik normalar, sanitariya normalari va qoidalari, shuningdek dafn etish joylarini saqlash qoidalari buzilgan taqdirda mahalliy davlat hokimiyati organlari dafn etish joyida ishlar bajarilishi va xizmatlar koʻrsatilishini toʻxtatib turishi yoki tugatishi hamda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va dafn etish joyining inson sogʻligʻi hamda atrof tabiiy muhitga nomaqbul taʼsiriga barham berish, zarur hollarda esa yangi dafn etish joyini barpo qilish choralarini koʻrishi shart.
