1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-276-son) · Sana: 27.12.2010 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi dafn etish va dafn ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
shaxsning oʻlimidan keyin uning jasadiga (saqlanib qolgan tana qismlariga) munosib munosabatda boʻlish toʻgʻrisidagi xohish-irodasini (bundan buyon matnda vafot etgan shaxsning xohish-irodasi deb yuritiladi) inobatga olgan holda vafot etgan shaxsni dafn etish kafolatlarini belgilash;
dafn etish uchun nafaqa berish hamda moddiy va boshqa yordam koʻrsatish kafolatlarini belgilash;
dafn etish joylarini tanlash va saqlashda ekologik normalarning, sanitariya, shaharsozlik normalari va qoidalarining hamda boshqa normalar va qoidalarning bajarilishini taʼminlash;
dafn ishini tashkil etish asoslarini belgilash.
