4-modda. Asosiy tushunchalar
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
reklama — bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va texnologiyalar toʻgʻrisida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonunchilikka muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot;
reklama beruvchi — reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi boʻlgan shaxs;
reklama tayyorlovchi — reklama tayyorlashni toʻliq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;
reklama tarqatuvchi — reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiruvchi shaxs;
reklamadan foydalanuvchi — reklama yoʻnaltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
reklama vositalari — reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun ishlatiladigan vositalar;
mahsulot — tovarlar, ishlar, xizmatlar;
aksilreklama — notoʻgʻri (insofsiz, bila turib yolgʻon) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya
