25-modda. Qimmatli qogʻozlar va aholining mablagʻlarini jalb etish bilan bogʻliq xizmatlar reklamasi
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Qimmatli qogʻozlarni va aholining mablagʻlarini (banklardagi mablagʻlarini, sugʻurta mablagʻlari va shu kabilarni) jalb etish bilan bogʻliq xizmatlarni yoki shunday xizmat koʻrsatayotgan shaxslarni reklama qilishni bunday faoliyat turi bilan shugʻullanish huquqi borligini tasdiqlaydigan tegishli litsenziya boʻlgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Bunday xizmatlar yoki shunday xizmat koʻrsatuvchi shaxslar reklamasida kutilayotgan daromadlar miqdorini, shuningdek boʻlajak foyda (daromad) toʻgʻrisidagi boshqa axborotni maʼlum qilish taqiqlanadi, kamida bir yillik yakunlarga koʻra amalda toʻlangan foyda (daromad) bundan mustasno.
Qimmatli qogʻozlar va aholining mablagʻlarini jalb etish bilan bogʻliq xizmatlar reklamasiga taalluqli munosabatlarni tartibga solish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
