221-modda. Energetik ichimliklar reklamasi
Reklama toʻgʻrisida (723-I-son) · Sana: 25.12.1998 · Amalda
Energetik ichimliklar reklamasida bunday ichimliklarni haddan ziyod isteʼmol qilishning zarari toʻgʻrisidagi ogohlantirish, shuningdek bunday ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud boʻlishi kerak.
Energetik ichimliklar reklamasi ichimliklarni isteʼmol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, ushbu jarayonlar isteʼmolchilarning ijtimoiy va sportga oid muvaffaqiyatga erishishi yoki jismoniy hamda ruhiy holati yaxshilanishi uchun muhim ahamiyatga ega degan taassurotni yuzaga keltirmasligi kerak.
Quyidagilar taqiqlanadi:
soat 7-00 dan soat 22-00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
asosan oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar uchun moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish, agar bunda energetik ichimliklarning nomidan, tovar belgisidan yoki tasviridan foydalaniladigan boʻlsa;
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
asosan bolalar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan bosma nashrlarda, shuningdek tibbiyot, sport va taʼlim muassasalarida energetik ichimliklarni reklama qilish.
