25-modda. Normativ-huququy hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbalari
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (160-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida eʼlon qilinadi.
