6-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi:
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda malaka imtihonini oʻtkazadi;
malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilishni amalga oshiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini koʻrib chiqadi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlar uchun malaka oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining roʻyxatini shakllantiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining reyestrini yuritadi.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
