11-modda. Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulk obyektlarining va ularga boʻlgan huquqlarning savdosini tashkil etish savdoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi va uning yakunlari haqidagi xabarnomalarni tayyorlash hamda eʼlon qilishni, savdoga qoʻyilayotgan koʻchmas mulk obyektlarini reklama qilishni, savdoda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish va hisobga olishni, zakalat toʻgʻrisida kelishuvlar tuzishni, savdoni oʻtkazishni, oʻtkazilgan savdo yakunlariga doir bayonnomani rasmiylashtirishni, sotuvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi hisob-kitob uchun shart-sharoitlar yaratishni hamda qonunchilikda belgilangan boshqa xizmatlarni oʻz ichiga oladi.
