10-modda. Koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik (koʻchmas mulkning oldi-sotdisi, ijarasi, garovi, ayirboshlanishi, hadya etilishi, rentasi, koʻchmas mulkdan tekin foydalanilishi va umrbod taʼminlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish bilan bogʻliq harakatlar) qonunchilikda belgilangan tartibda buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasi asosida rieltorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rieltorlik tashkiloti mazkur bitimlarning bevosita tarafi boʻlishi mumkin emas.
Koʻchmas mulk obyektlariga va ularga boʻlgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chogʻidagi vositachilik buyurtmachini ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq axborot bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
