18-modda. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlarning hamda ommaviy axborot vositalarining ishtiroki
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-263-son) · Sana: 29.09.2010 · Amalda
Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
faoliyati voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan bolalar va yoshlar jamoat birlashmalari, ijtimoiy muassasalar, jamoat fondlariga hamda boshqa tashkilotlarga yordam koʻrsatadi;
voyaga yetmaganlarni oʻqitishni, ularning bandligi va dam olishini tashkil etishda ishtirok etadi;
voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda shakllantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi.
Madaniyat va sport muassasalari, turizm sohasidagi tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
