171-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-263-son) · Sana: 29.09.2010 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolatlari doirasida:
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
voyaga yetmaganlarning oʻz iqtidori va isteʼdodini toʻlaqonli namoyon etishiga, shuningdek ularning oʻz qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishiga monelik qiladigan omillarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻradi;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ishtirok etadi;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik jihatdan reabilitatsiya qilishga va ularning moslashuviga koʻmaklashadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
