11-modda. Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlari foydalanishi
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisida (615-II-son) · Sana: 29.04.2004 · Amalda
Chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlari, agar ularning vakillari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlsa, qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining nazorati ostida farqlovchi timsollar sifatida foydalanadilar.
Qurolli mojaro yuz bergan taqdirda betaraf davlatlarning hamda qurolli mojaroda ishtirok etmayotgan boshqa chet davlatlarning Qizil Yarim oy yoki Qizil Xoch jamiyatlarining tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlari, shuningdek sanitariya-transport vositalari insonparvarlik yordami koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsati bilan va Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining nazorati ostida harbiy tibbiy tuzilmalarning ixtiyoriga berilishi hamda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalanishi mumkin. Tibbiy xodimlar bunday paytlarda urush davri qonunlariga boʻysunadilar hamda qizil yarim oy yoki qizil xoch timsoli tushirilgan qoʻlbogʻich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma boʻlishi lozim.
