10-modda. Qizil yarim oy timsolidan Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining foydalanishi
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisida (615-II-son) · Sana: 29.04.2004 · Amalda
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati qizil yarim oy timsolidan oʻz binolari, inshootlari, transport vositalari, boshqa mol-mulki, shuningdek xodimlari mansubligini belgilash uchun farqlovchi timsol sifatida foydalanadi.
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tibbiy tuzilmalari, tibbiy xodimlari, shuningdek sanitariya-transport vositalari qurolli mojarolar davrida harbiy tibbiy tuzilmalarning ixtiyoriga berilgan taqdirda qizil yarim oy timsolidan himoyalovchi timsol sifatida foydalaniladi. Tibbiy xodimlar bunday paytlarda urush davri qonunlariga boʻysunadilar hamda qizil yarim oy timsoli tushirilgan qoʻlbogʻich taqib yurishlari va yonlarida qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan shaxsiy guvohnoma boʻlishi lozim.
