191-modda. Nodavlat arxivlarni tashkil etish
Arxiv ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-252-son) · Sana: 15.06.2010 · Amalda
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki boʻlmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshirish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkin.
Nodavlat arxivlar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Nodavlat arxivlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Nodavlat arxivlar arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish talablariga rioya etishi, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanmasligi kerak.
Nodavlat arxivlar quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida pulli xizmatlar koʻrsatish;
arxiv hujjatlarini tartibga keltirish huquqini beruvchi Kasbiy kompetentlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish davomida “Oʻzarxiv” agentligi bilan hamkorlik qilish.
Nodavlat arxivlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Nodavlat arxivlar tugatilayotganda arxivning mulkdorlari (muassislari) tomonidan mazkur arxivning arxiv fondlari tegishincha boshqa arxivlarga yoki arxiv hujjatlarining egalariga belgilangan tartibda topshirilishi shart.
