19-modda. Idoraviy arxivlarni tashkil etish
Arxiv ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-252-son) · Sana: 15.06.2010 · Amalda
Davlat organlari va tashkilotlarida hamda davlat ishtirokidagi korxonalarda, shu jumladan, agar amaliy jihatdan ehtiyoj mavjud boʻlsa, ularga bevosita boʻysunadigan alohida boʻlinmalarda, filiallarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda idoraviy arxivlar tashkil etiladi.
Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda idoraviy arxivlar tashkil etishi mumkin.
Idoraviy arxiv yuridik shaxsning qaroriga koʻra tarkibiy boʻlinma sifatida tashkil etiladi.
Idoraviy arxiv arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish talablariga javob beradigan moddiy-texnika bazasi, shu jumladan saqlovxonalar (binolar), zarur jihozlar, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlanadi.
Idoraviy arxiv “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat yuritadi.
Idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
