4-modda. Bilim olish huquqi
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda taʼlim olishni tashkil etish;
taʼlim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul oʻqitish, shuningdek taʼlim muassasalarida shartnoma asosida toʻlov evaziga kasb-hunar oʻrgatish;
barcha turdagi taʼlim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi oʻquv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega boʻlishi;
oilada yoki oʻzi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan oʻtish huquqini berish orqali taʼminlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
