3-modda. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi.
Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
taʼlim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
taʼlimning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy oʻrta, shuningdek oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining majburiyligi;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida oʻqishni tanlashning ixtiyoriyligi;
taʼlim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat taʼlim standartlari doirasida taʼlim olishning hamma uchun ochiqligi;
taʼlim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli boʻlishni va isteʼdodni ragʻbatlantirish;
taʼlim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygʻunlashtirish.
