14-modda. Oliy taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Oliy taʼlim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi.
Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash oliy oʻquv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa taʼlim muassasalarida) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi asosida amalga oshiriladi.
Oliy taʼlim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha puxta bilim beradigan, oʻqish muddati kamida toʻrt yil boʻlgan tayanch oliy taʼlimdir.
Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
