12-modda. Umumiy oʻrta taʼlim
Taʼlim toʻgʻrisida (464-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Umumiy oʻrta taʼlim bosqichlari quyidagicha:
boshlangʻich taʼlim (I—IV sinflar);
umumiy oʻrta taʼlim (I—IX sinflar).
Boshlangʻich taʼlim umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi.
Umumiy oʻrta taʼlim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va taʼlimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Bolalarning qobiliyati, isteʼdodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
