24-modda. Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning huquqlari
Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida (O‘RQ-229-son) · Sana: 13.10.2009 · Amalda
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog:
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini ochiq varaqda belgilangan doirada amalga oshirish;
arxeologiya obyektining yemirilishiga olib kelayotgan har qanday harakatlarni toʻxtatish talabi bilan mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish;
oʻzi aniqlagan arxeologiya ashyolarining arxeologiya tadqiqoti va ilmiy ekspertizasini oʻtkazish huquqiga ega boʻladi.
Ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeolog qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
