6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektr energetikasi sohasidagi vakolatlari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektr energetikasini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
elektr energetikasi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy prinsiplari va ustuvor yoʻnalishlari roʻyobga chiqarilishini amalga oshiradi;
elektr energiyasini hosil qilish va uning isteʼmoli balansini shakllantiradi;
elektr energetikasi obyektlarini moliyalashtirish, qurish, ishga tushirish va foydalanishdan chiqarish tartibini belgilaydi;
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini hosil qilishga doir loyihalarning roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashadi;
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
