4-modda. Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasining elektr energetika xavfsizligini taʼminlash;
yagona elektr energetikasi tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishini taʼminlash, isteʼmolchilarning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish;
isteʼmolchilarning hududiy elektr tarmoqlaridan teng foydalanishini taʼminlash;
energiya hosil qiluvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, rivojlantirish jarayonlariga investitsiyalar jalb qilish;
elektr energiyasini hosil qilish, uzatish va sotish boʻyicha boshqaruv hamda xoʻjalik aloqalari tizimiga bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish;
elektr energetikasining mutanosib rivojlanishini taʼminlash;
elektr energiyasidan va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish.
