13-modda. Elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi
Elektr energetikasi toʻgʻrisida (O‘RQ-225-son) · Sana: 30.09.2009 · Amalda
Elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli organning boʻlinmasidir.
Elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi:
elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar bilan elektr energiyasini xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuzadi;
elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish boʻyicha shartnomalar tuzadi;
magistral elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr energiyasi hosil qiluvchi korxonalardan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr energiyasini uzatish boʻyicha shartnoma tuzadi;
yagona elektr energetikasi tizimida elektr energiyasini hosil qilish va uzatish samaradorligi monitoringini amalga oshiradi;
elektr energiyasini hosil qilish va uning isteʼmoli balansini shakllantirishda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Elektr energiyasining yagona xarid qiluvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
