6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Budjet tizimi toʻgʻrisida (158-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;
Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdigʻiga kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
